

"Real"dan boshqa klublar men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. To'g'risini aytsam, navbatdagi taklif tushganidan keyin agentimdan so'ragandim: "Real"dan gap-so'z yo'qmi? O'sha erga o'tishim mumkinmi? "Real" meni tanlashi mumkinmi?"
Doimo "Real"ga o'tishni istaganman. Shunchaki men ushbu klubga qiziqmanmi, bilmoqchi bo'lganman. Bolaligimdagi orzuimni amalga oshirishni istardim. Otamning, mening, oilamning orzusi bu.
Yevropaning eng zo'r jamoasi uchun o'ynashni istaganman, bu yerda mening kumirim - Krishtianu Ronaldu o'ynagan", - dedi 2024 yil yozida "Real"ga o'tadigan "Palmeyras"ning 16 yoshli futbolchisi.


