Endi "Krasnodar" stadioniga 35 ming muxlis sig'adi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019
"Krasnodar" 2018/19 mavsumning qishki tanaffusida o'z stadionida rekonstrukciya o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, OAV hududidagi joylar zichlashtirilgani tufayli markaziy sektorlarda muxlislar uchun qo'shimcha joylar paydo bo'ldi.

Rekonstrukciya tufayli "Krasnodar" stadionida qo'shimcha 709ta joy yaratildi.

Endi stadionga 35 mingdan ortiq muxlis sig'adi. Arena o'z bag'riga 35 059 ishqibozni sig'diradigan bo'ldi.

"Krasnodar" mavsumning bahorgi qismini 14 fevralda boshlaydi. Shu kuni ular Yevropa ligasi 1/16 final doirasida "Bayer"ni qabul qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fckrasnodar.ru