Endi Italiya terma jamoasini kim boshqaradi?

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 11:10
Italiya terma jamoasi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunladi.

Oldinroq Italiya nashrlaridan biri Jampero Ventura o'rniga kelishi mumkin bo'lgan to'rt nafar bosh murabbiy nomini e'lon qildi.

Ayni damda ishsiz bo'lgan mutaxassis Karlo Anchelotti ushbu vazifa uchun asosiy nomzod sifatida keltirilgan, shu bilan birga, jurnalistlar "Angliyadagi ishidan charchagan" Antonio Konte, "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri va "Zenit" murabbiyi Roberto Manchini nomzodlarini ko'rsatishdi.

Bundan tashqari, nashr o'z o'quvchilariga bu murabbiylardan biriga ovoz berishni taklif qildi va unda ishtirok etgan 70% o'quvchilar Anchelottini tanlashdi.

Venturaning Italiya terma jamoasidan ketishi yaqin ikki sutka ichida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport