Endi "Dijon"da ham Messi bor

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2019, 00:20
Fransiya chempionati vakili bo'lgan Dijon jamoasi 12 yoshli Rayyan Messi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Yosh futbolchi faoliyatini klub akademiyasida boshlaydi. Avvalroq,Rayyan Fransiyaning quyi divizion vakili Versal 78 klubi tarkibida harakat qilib kelgandi. 

Eslatib o'tamiz, Dijon joriy mavsum Liga 1'da 18 pog'onani egallab, chempionatda qolish uchun pley-off bahslarida qatnashdi. Lansga qarshi ikki o'yinlik o'yinda esa dijonliklar zafar quchib, kelasi mavsumni ham yuqori divizionda o'tkazadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/DFCO_Officiel