Enco Fernandesni istaydiganlar uning tovon pulini to'laydi

29 noya 2022, 11:35
Portugaliyaning "Benfika" klubi Yevropaning bir qator klublari qiziqish doirasiga tushgan futbolchisini qo'yib yuborish shartini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, argentinalik futbolchini o'z tarkibida ko'rishni xohlaydigan klublar shartnomada ko'rsatilgan tovon pulini to'lash bandini faollashtirib, futbolchini qo'lga kiritishlari mumkin. 

Yarim himoyachi shanba kuni Argentinaning Meksika termasi ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatib gol urdi. Unga da'vogarlar ham tabiiy ravishda ortdi.

21 yoshli futbolchining xizmatlaridan foydalanmoqchi bo'lgan klublar orasida "Manchester Yunayted" ham mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror