Emre Janning yangi jamoasi aniq bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
29 apr 2018, 12:26
"Liverpul" futbolchisi Emre Jan "Yuventus" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

"Le 10 Sport" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining agenti transfer ishlarini yakunlamoqda.

"Yuventus" bilan shartnoma? Men bu boradagi savolga juda, juda va juda optimistman", - dedi Janning agenti.

Keyingi oyda shartnomasi yakunlanadigan Emre Jan bu mavsumda 37 uchrashuvda qatnashib, 6 gol kiritdi va 5 bora samarali pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le 10 Sport