

"Ortiqcha biror gap aytmayman. Telefonda bir daqiqa gaplashdik. Bu meni shokka soldi. Hech nimani tushuntirib o'tirishmadi. Bu esa meni jahl otiga mindirdi. Rahbariyat bilan gaplashishni istayman.
O'tgan haftada menga katta vadalar berishgani sababli klubda qolgandim. Biz klub bilan YCHLni yutishni maqsad qilgandik. "Yuventus" menga ushbu turnir uchun katta vada bergandi. Shu boisdan PSJ taklifiga rozilik bermagandim. Meni aldashdi. Agarda shunday bo'lishini bilganimda "Yuventus"dan ketgan bo'lardim", - dedi Jan.



