

"Birinchi golda uni ayblab bo'lmaydi, lekin ikkinchi gol... Ko'p bor haqli ravishda tanqid qilingan Donnarumma o'tgan mavsumda katta o'yinlarda o'zini ko'rsata olgandi. Undan yuqori saviya kutilganda, u buni uddalardi.
Shevale esa poziciya tanlashda muvozanatni yo'qotdi, u maydonda dovdirab qolgandek ko'rindi. To'p to'g'ri uning ustiga kelayotgan bo'lsa-da, u zarba kuchidan hayratda qoldi. Ha, menimcha, bu darvozabonning yaqqol xatosi.
Agar siz turnirda oxirigacha bormoqchi bo'lsangiz va yirik sovrinlarni qo'lga kiritishni istasangiz, sizga bunday darvozabon kerak emas. Hozircha Shevalega yuqori darajada hukmronlik qilish uchun nimadir yetishmayapti", - dedi Peti.
Eslatib o'tamiz, parijliklar safida Shevalening asosiy raqobatchisi bo'lgan rossiyalik Matvey Safonov ayni damda qo'lidagi sinish jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda.



