Emmanuel Adebayor: Yangi murabbiy kelganidan xursandman

Narzulla Saydullayev
22 dek 2013
Tottenxem hujumchisi Emmanuel Adebayor APL 17-turidan o'rin olgan Sautgemptonga qarshi o'yindan so'ng (3:2) o'z fikrlarini bildirdi.
Mashg'ulotlarda ko'p ishlab keldim. Jamoadoshlarimga meni qo'llab turishgani uchun rahmat.

Yangi murabbiy tayinlanganidan xursandman. Birinchi kundayoq u menga keyingi o'yinga tayyorlanishimni aytdi.

2013 yil men uchun og'ir bo'ldi. Akam vafot etdi. Bugungi gollarimni unga va uning farzandiga bag'ishlayman, – deydi dublga erishgan Adebayor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru