Emiliano Martines: "Mening shahrimda 10 bolaning 5 nafari darvozabon bo'lishni istaydi. Bundan g'ururlanaman"

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 15:33
"Aston Villa" va Argentina termasi posboni Emiliano Martines ko'plab yosh bolakaylar uning libosini kiyib yurganidan xursandligini aytdi.

"Oilamdagilarning barchasi Argentinada yashashadi. Ular menga doimo mening familiyam tushirilgan libosni kiyib yurgan bolakaylarning rasmini jo'natib turishadi. Bu g'urur. O'z navbatida ular menga o'sha yerda yashab yurgan paytlarimni ham yodga solishadi.

Masalan, men tug'ilgan shaharda (Mar-del-Plata) bolalar plyajga borsa, 10 bolaning 5 nafari darvozaga turishni istashmoqda. Bundan zavq olyapman va ularga xursandchilik taqdim qilishga harakat qilyapman", - dedi Martines.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal