

“Juda xursandmiz. Menimcha, jamoa munosib kurashdi. Birinchi taymda bizga qiyin bo'ldi, ammo raqib ham ko'p vaziyatlar yarata olmadi.
Gol tufayli o'zimizga bo'lgan ishonchi ortdi. Ikkinchi golimiz qoyilmaqom urildi, o'sha payt uch ochko bizniki bo'lishini his qildik.
Qoidaga ko'ra, safarda uydagidan ko'ra ko'proq himoyalanishingiz kerak. O'yinni nazorat qilishimizdan kelib chiqqan holda jamoa tuzishimiz lozim. Himoyada kuchli edik va g'oliblikka intildik.
“Shporlar”da vaziyatlar ko'p bo'lmadi, ammo ular hujumda nimadir qilishga urinishdi. Robin Olsen bugungi o'yinni “quruq” o'tkazdi. Bizda nafaqat Emiliano Martines, balki Olsen va boshqa yaxshi o'yinchilar ham bor”, deydi Emeri.



