Emeri Superkubokdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2021, 08:06
"Vilyareal" bosh murabbiyi Unai Emeri UEFA Superkubogidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Men uchun mana shunday kunda "Vilyareal" va Ispaniya ligasi nomidan ishtirok katta sharafdir. 

Futbolchilarni ayblash mumkin emas, ular o'yinda bor kuchlarini berishdi", - dedi Emeri. 

Eslatib o'tamiz, UEFA Superkubogida "Vilyareal" "Chelsi"ga imkoniyatni boy berdi. O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida "Chelsi" 6:5 hisobida g'alaba qozondi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA