Emeri O'zilga javob qaytardi

18 okt 2019, 09:44
Avvalroq Mesut O'zil nima uchun bu mavsum kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganini tushunmayotganligini aytgandi.

“Bazan futbolchilar maydonda, bazan esa zaxira o'rindig'ida muhim rol o'ynashi mumkin. Ayrim holatlarda esa keyingi o'yinga tayyorgarlik chog'larida ham shunday bo'lishi mumkin. Bizning qarashlarimiz shunday. Bularning hammasi O'zilga ham tegishli. U yaxshiroq bo'lish uchun 3 haftadan beri ishlamoqda. Agar u bizga foyda keltiradigan bo'lsa, albatta, undan maydonda foydalanamiz”, - deydi Emeri.

Qayd etish joiz, Mesut O'zil joriy mavsum “Arsenal” safida atigi 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports