Emeri: "Neymar va Kavani jahondagi eng yaxshilarga aylanishi mumkin, ular bir-biriga kerak"

Aslanov Jasurbek
24 noya 2017, 19:59
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri "Monako"ga qarshi Fransiya chempionatining 14-tur uchrashuvidan oldin Neymar va Edinson Kavani kabi futbolchilarning muhimligi haqida gapirdi.

"Bu ikki futbolchi dunyodagi eng yaxshi futbolchilarga aylanishi mumkin. Ular aqlli va bir-biriga hamda jamoadoshlariga kerakligini bilishadi. Men uchun ularni birga o'ynatish muhim.

"Monako"ga to'xtaladigan bo'lsak, ular o'tgan mavsumdagidek ochko to'plashdi. Balki biz kuchliroqdirmiz, ammo "Monako" uyida yaxshi o'ynaydi va ko'p gol uradi. So'nggi etti uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozonganmiz.

Jardim jamoamizni yaxshi biladi, u aqlli murabbiy. O'yin ajoyib o'tadi. Bahs Mbappe uchun ham muhim" - deydi Emeri.

"Monako" - PSJ uchrashuvi 26 noyabrdan 27 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC