Emeri La Liga klubida ish boshlashga yaqin

Alisher
20 iyul 2020, 11:30
PSJ, "Sevilya" va "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri tez orada "Vilyarreal"ni qabul qilib oladi.

Ispaniyalik mutaxassis "sariq suvosti kemasi" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

"Vilyarreal"ning hozirgi bosh murabbiyi Xaver Kalexa jamoaning Yevropa Ligasiga yo'l olganiga qaramay klubdan ketadi.

Emerining so'nggi klubi "Arsenal" bo'lgan edi, u London klubidan o'tgan yilning noyarb oyida ketgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira