

"Sariq suvosti kemasi" bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Edinson Kavanini sotib olmoqchi ekanligini aytib o'tdi. Bu haqda mutaxassisning o'ziga tayanib, "Fichajes" xabar bermoqda.
Hozirda 35 yoshli urugvaylik futbolchi erkin agent sifatida qolmoqda. U Pako Alkaser ketgani bois ham "Vilyarreal"ga o'tishi mumkin.



