

"O'yin vaqtida jamoam katta qiyichiliklarga duch keldi. "Uotford" tartibli himoyalandi. "Arsenal" futbolchilari esa qiyinchiliklarga qaramasdan buni engib o'ta olishdi.
Chexning jarohati borasida aniq gapni ayta olmayman. U tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Katta ehtimol bilan u 3 haftani o'tkazib yuboradi. Bernd Lenoning o'yinidan mamnunman. U o'yinga yaxshi qo'shilib keta oldi", - dedi Emeri.



