Emeri APLda qolishni xohlamoqda

Unai yangi ish joyi qidirish bilan band.

“Arsenal”dan haydalgan Unai Emeri “Everton” bilan muzokara olib borgan. Biroq Mersisayd klubi Emeriga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Unai APLda qolishni xohlamoqda. U London klubidagi faoliyati mobaynida ingliz tilini yaxshi o'zlashtirib oldim deb hisoblamoqda. Murabbiy yangi ish topgunga qadar Londonda qolishini ma'lum qilgan.


Manba: ESPN