Embolo 2017 yilgacha yashil maydonga tusha olmaydi
17 okt 2016, 14:20
Germaniyaning "Shalke" klubi hujumchisi Breel Embolo jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotqizildi.
Embolo "Augsburg"ga qarshi bahsda oyog'idan jiddiy jarohat olgandi. Kuni kecha Embolo muvaffaqiyatli operaciya qilindi. Emboloning tiklanishi uchun kamida 4-6 oygacha vaqt talab etiladi.