Elshod Rasulov: “Terma jamoamiz raqiblardan kuchsiz emas”

22 yanv 2015, 08:00
Taniqli bokschi Elshod Rasulov millionlar o'yini bo'lmish, futbolga ham befarq emas.

Ikki kara Osiyo chempioni va jaxon chempionati ishtirokchisi bo'lgan Rasulovni ayniqsa qo'qonlik futbol ishqibozlar yaxshi bilsa kerak. Boisi Elshod bo'sh vaqti bo'ldi deguncha imkon qadar “Qo'qon-1912” o'yinlarini stadionda kuzatib boradi. Rasulov bilan yaqinda suhbatlashganimizda, Avstraliyada o'tayotgan futbol bo'yicha Osiyo chempionati o'yinlarini ham diqqat bilan kuzatib borayotganini ta'kidladi.      

- Iloji boricha hamma o'yinni kuzatib borishga xarakat qilyapman. Albatta O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarini ekran qarshisidan turib bo'lsa ham qo'llab-quvvatlayapmiz. Ochig'ini aytganda, har qanday raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Chunki bizni yigitlar kuchsiz emas. Ular buni o'yindan-o'yinga isbotlab kelmoqda. Nasib qilsa Janubiy Koreyani ham yutib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritamiz – deydi Elshod Rasulov. 

Islombek Rustambekov.


Manba: championat.asia