Elit OCHL. Bugun "Nasaf" guruhdagi so'nggi uchrashuvida maydonga tushadi

Khoja
16 fev 2026
Bugun Elit OCHL musobaqasining so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda "Nasaf" jamoasi BAAning "Sharja" klubi mehmoni bo'ladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. 

Ayni vaqtda "Sharja" musobaqaning turnir jadvalida 8 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. "Ajdarlar"ning hisobida esa 1 ochko va ular turnir jadvalining so'nggi o'rnida.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia