Elguja va Mate "Qizilqum"ga qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2021
2020 yilgi mavsumni AGMK jamoasida o'tkazgan ikki gruziyalik futbolchi sobiq klubiga qaytadi.

Elguja Grigalashvili hamda Mate Vatsadze Navoiyning "Qizilqum" klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Ikkala futbolchi ham yangi mavsumga sobiq jamoasi safida tayyorgarlikni boshlaydi.

2020 yil Superligada Vatsadze 21ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urdi. Grigalashvili esa 21ta bahsda 7ta to'p kiritdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia