Eldor Shomurodov "Roma"ning navbatdagi yig'iniga bormadi

Administrator
28 iyul 2022
Avvalroq futbolchining klubdan kyetishi haqida xabarlar chiqqandi.

"Roma" klubning Isroildagi yig'iniga hamyurtimiz Eldor Shomurodov chaqirilmadi. Eldordan tashqari Jordan Veretu va Karlos Pereslar ham ushbu yig'indan chetda qoladigan bo'ldi. Uchchala futbolchi ham "Roma"ning Portugaliyadagi yig'inlarida qatnashgandi.

Avvalroq, Eldor Shomurodovning "Roma"dan kyetishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Shomurodovning agenti esa futbolchi hozirda "Roma" o'yinchisi ekanligini, qolgan barcha gaplar matbuotdagi taxminlar ekanini takidlagandi.

Eslatib o'tamiz, "Roma" Isroildagi yig'in doirasida "Tottenxem" bilan o'yin o'tkazadi.


AdministratorMuallif
Manba: asroma.com