Eldor Shomurodov: “O'ylagan rejamiz ish bermadi”

Narzulla Saydullayev
7 okt 2016, 13:35
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 3-saralash bosqichi 3-tur uchrashuvida Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib borib (0:1) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Eron Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Menimcha o'yin teng kurash ostida o'tdi deb o'ylayman. Standart vaziyatdan gol o'tkazib yuborib mag'lubiyatga uchradik. Ko'proq havodagi kurashda raqib jamoaga mag'lub bo'ldik. Bizda ko'proq qanotlarda vaziyatlar bo'ldi. Lekin ulardan to'liq foydalana olmadik. O'ylagan rejalarimiz ish bermadi”, - deydi terma jamoamiz a'zosi Eldor Shomurodov.

Jahongir Sotvoldiev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia