Eldor Shomurodov Osiyo kubogi guruh bosqichidagi raqiblar haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
12 may 2023, 20:37
Kecha Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu qur'adan keyin Osiyo kubogida guruh bosqichidagi raqiblar aniq bo'ldi - Avstraliya, Suriya va Hindiston. O'zbekiston termasi sardori Eldor Shomurodov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Guruhdagi raqiblarimiz haqida gapiradigan bo'lsam, ilk navbatda Avstraliya termasini aytib o'tishim mumkin. Bu terma jahon chempionatida ko'p bora ishtirok etgan va Osiyoning eng kuchli termalaridan biri. Shuningdek, Suriya termasi O'zbekiston bilan ko'p bora o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushgan. Bizga yaxshi tanish bo'lgan jamoa. Hindiston termasi haqida shunday deyishim mumkin, bu yerda ham futbol rivojlanib bormoqda. Shu sababli ularning termasi ham rivojlanib bormoqda, deb bemalol ayta olaman. 

O'zbekiston termasining ilk vazifasi - maksimal ochko yig'ib, guruhdan chiqish. Xudo xohlasa, ushbu vazifani bajaramiz, degan umiddaman. Ushbu Osiyo kubogida o'tgan Osiyo kubogidagidan ko'ra yaxshiroq natija qayd etamiz, degan umiddaman", - dedi Shomurodov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: UFA.uz