Eldor Shomurodov oliy ligadagi dastlabki golini urdi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2015, 10:24
Kecha oliy liganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olmaliq" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bahsdagi yagona golni mezbonlar hujumchisi Eldor Shomurodov "Olmaliq" darvozasiga urdi.

Shu tariqa, yosh futbolchi oliy ligadagi o'zining dastlabki golini urishga erishdi. Hujumchi o'tgan yil "Mashal" safida 10ta o'yinda, bu mavsumda "Bunyodkor" tarkibida 7ta uchrashuvda harakat qilgan va umuman gol ura olmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia