Eldor Shomurodov: "Birinchi golimni qizimga, ikkinchisini esa Davron Fayzievga bag'ishladim"

Administrator
15 iyun 2023, 00:11
"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvidan so'ng o'yinning eng yaxshi o'yinchisi Eldor Shomurodov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.


- O'yin haqida qisqacha fikrlaringiz?

- Ikki xil taym bo'ldi. Birinchi bo'lim nisbatan qiyin bo'ldi. Tezlik va ozroq agressiya yetishmadi. Ikkinchi bo'limda xatolarni to'g'irlab, natijaga erishdik. 

- Srechko Katanetsning yo'qligi qanchalik bilindi?

- Murabbiy har doim o'rni bilinadi. O'yindan oldin uning yo'qligi bizga aytilgadi. Katanetsning yo'qligini bildirmaslikka harakat qildik.

- Bugungi gollaringizni kimga bag'ishladingiz?

- Birinchi golimni qizimga, ikkinchisini esa Davron akaga bag'ishladim.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia