

- Bunday Kubok uchrashuvlarida jamoalarning qaysi liga ishtirokchisi bo'lishidan qatiy nazar o'yinlar jangavor ruhda o'tadi - deya gap boshladi Sakaev. - Boz ustiga bugun muxlislar 12-o'yinchiga aylanishdi. Tomoshabinlarning qo'llab-quvvatlashi ham mezbonlarga qo'l keldi.
- Umuman olganda “Qo'qon-1912”ning o'yini tushirilgan disklarni ko'rib chiqib, raqibni o'rgangandik. Bu jamoa o'z uyida juda yaxshi o'ynaydi. Buni futbolchilarga ham aytgandik.
- Penaltilar seriyasi bu – lotoreya demakdir. Bu borada qo'qonliklarga omad kulib boqdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman - deydi Eldor Sakaev.
Islombek Rustambekov yozib oldi.



