

Mavsumning birinchi qismini “Andijon”da o'tkazgan Eldor Boymatov klub tomonidan transferga qo'yilgandi. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, Eldor davralar oralig'ida “konchilar”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etib kelayotgandi. Kuni-kecha “Andijon” va “Qizilqum” jamoalari Boymatovning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Shunday ekan, endilikda Boymatov “Qizilqum” sharafini himoya qiladi.




