
"Milan" uchun birinchi golni urganimdan va terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqchi bo'ldik, ammo afsuski durangga erishdik. O'z o'yinimdan ko'nglim to'ldi.
Srna oldingi chiziqla o'ynay boshladi va murabbiy mendan uni qo'riqlashni so'radi. Birinchi 10 daqiqada bu ish qiyin bo'ldi, ammo keyin jamoa to'pga egalik qilib, bir nechta imkoniyat yaratdik. Ulardan foydalana olmaganimizdan afsusdaman.
Xorvatiya terma jamoasi - juda kuchli raqib, shu sababli ular bizga qiyinchilik yaratishdi. Bunday uchrashuvdagi durang yomon natija emas" - deydi El-Shaaravi.