El-Shaaravi: "Milan"ning barcha futbolchilari Inzagiga ishonadi va uni qo'llab-quuvatlaydi"

Aslanov Jasurbek
11 fev 2015, 11:44
"Milan" hujumchisi Stefan El-Shaaravi, uning jarohati qay tarzda davom etayotganini ta'kidladi.

"Hozircha to'liq tuzalganim yo'q. Ammo bu menga ruhan ta’sir qilgani yo'q. Jarohatni davolab, safga qaytaman.

Klub hozir qiyin davrlarni boshidan o'tkazmoqda. Bir oy oldin Chempionlar ligasi uchun da'vogar edik, hozir esa xavfli zonaga yaqinmiz. "Milan"ning barcha futbolchilari Inzagiga ishonadi va uni qo'llab-quvvatlaydi" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com