"El-Klassiko"da eng yaxshi futbolchi sovrini kimga topshirildi?

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017, 14:51
Bugun, 30 iyul kuni AQSHda "Real" hamda "Barselona" o'rtasida Xalqaro Chempionlar Kubogi turniri doirasidagi bahs bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Kataloniya klubi g'alabaga erishdi. Ko'k-anorranglilarning uchta goliga "Qirollik klubi" bor yo'g'i 2 ta gol bilan javob qaytardi. "Barselona" safida gollarni Messi, Rakitich va Pikelar urishdi. Bahsning eng yaxshi futbolchisi sovrini Kataloniya klubining so'nggi goliga mualliflik qilgan Xerard Pikega topshirildi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal