El Confidential: Di Mariya Monako bilan muzokara o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
30 noya 2013, 22:52
Real yarim himoyachisi Anxel Di Mariya yanvar oyida Monakoga ko'chib o'tishi mumkin.
Argentinalik futbolchi klubga Garet Beyl kelgach juda kam maydonga tushmoqda, bundan tashqari Di Mariya Real prezidenti Florentino Peres uning maoshini oshirishga rozi bo'lmaganidan xafa.

Uning portugaliyalik agenti Jorje Mendesh Monako vakillari bilan muzokara o'tkazmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Di Mariya Realdan ketmoqchi va Monakodan taklif olib bo'lgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru