

Uchrashuvda Egor Krimec tomonidan urilgan gol O'zbekistonga g'alaba keltirdi. Shunday qilib, himoyachi faoliyatida birinchi bor O'zbekiston terma jamoasi tarkibida to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Krimec kecha milliy terma jamoada o'zining 18-uchrashuvini o'tkazdi. Himoyachi sariq kartochkalari ikkitaga etgani bois 1 sentyabr kuni Suriya bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.



