Edinson Kavani: "Atletiko"ning menga qiziqishini eshitish yoqimli"

Tolibjon Qosimov
1 iyun 2016
PSJ hujumchisi Edinson Kavani Madridning "Atletiko" klubi tomondan o'ziga bildirilgan qiziqishni izohlab o'tdi.

"Atletiko" - raqobatbardosh jamoa, ularning menga qiziqishini eshitish yoqimli. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Hozir PSJ futbolchisiman, shunday ekan boshqa jamoalarning qiziqishi haqida nimadir deya olmayman", - deya Kavanining so'zlaridan iqtibos keltirdi "Marca".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca