Edin Jeko: "A Seriyadagi o'rnimizga qarab muxlislar bizni YCHLdan ancha erta chiqib ketadi deb o'ylagandi"

Mirjalol Normatov
10 may 2023, 00:33
"Inter" hujumchisi Edin Jeko YCHL yarim finali doirasida "Milan"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Xotirjamlikni his qilyapman. Oldimizda bizni ikki jangovar o'yin kutib turibdi.

Italiya va Milandagilar bir shaharning ikki jamoasi YCHL yarim finalida o'zaro to'qnash kelishidan g'ururlanishi kerak. "Inter" "Inter" kabi o'yin ko'rsatishi kerak, ayniqsa, YCHLda. Juda yaxshi jamoalar to'sig'idan o'tib, yarim finalgacha keldik.

A Seriyadagi o'rnimizni ko'rib, muxlislar bizni YCHLdan erta chiqib ketsa kerak deb o'ylashgandi. Biroq biz o'z maqsadlarimiz sari dadil ildamlaymiz va bunga yetishmaguncha to'xtash niyatimiz yo'q.

"Milan" - kuchli jamoa, ular yarim finalga chiqishga loyiq edilar. Tasavvur qilyapman, ikkala jamoa ham finalga chiqish uchun boricha harakat qilmoqdalar.

"Milan" bizni yaxshi biladi, biz ham ularni yaxshi bilamiz. Ularni mag'lub etish uchun bizda imkoniyatlar etarlicha", - dedi Jeko.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calcio News