
- Jamoamizdagi holatdan yaxshi xabardorsiz. Ikki yetakchi o'yinchimiz diskvalifikaciya qilingan. Qolaversa, “Metallurg”ning kuchli raqib ekanligini etiroq etish lozim. Garchi ikki to'p farqi bilan uyda g'alaba qozongan bo'lsak-da, safar uchrashuvida ijobiy natijaga umidimiz kam edi. to'g'ri uzoq yo'ldan keldik. Bir yarim soatlar atrofida stadiondagi kiyinish xonasida dam olib, nafas rostlashga urindik. Yo'l azobi ham ta’sirini o'tkazmasdan qolmadi. Mezbonlarning shiddatli hujumlarini to'xtatishga harchand urinmaylik, buning uddasidan chiqolmadik. “Metallurg”ni haqli g'alaba bilan tabriklayman va ularga keyingi bosqichlarda ham omad tilayman. Biz esa birinchi davraning qolgan o'yinlariga jiddiy tayyorlanishimiz kerak.