Ederson: "Penaltini qaytarib, "Manchester Siti"ga yordam berganimdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2017, 14:39
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson Moraes Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida "Napoli" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

38-daqiqada braziliyalik Dris Mertens ijrosidagi penaltini qaytardi.

"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. "Manchester Siti" to'p bilan yaxshi ishlaydigan jamoaga to'qnash keldi. Katta kuch sarfladik. Penaltini qaytarib, jamoam g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman. Ikkinchi bo'limda o'yin teng o'tdi.

Mavsum starti men uchun yaxshi o'tdi. Til borasida muammolar bor, ammo jamoadoshlarim yordam bermoqda" - deydi Ederson.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL