Eden Azar taqdirlandi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
8 fev 2018, 15:00
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar 2017 yilning chet elda to'p tepuvchi eng yaxshi belgiyalik futbolchisi so'rovnomasida g'olib chiqdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" futbolchisi so'rovnomada "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne va "Napoli" a'zosi Dris Mertensdan ko'proq ovoz yig'di. Natijalarga ko'ra, to'rtinchi o'rin "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuga nasib etdi.

"Bu Belgiyadagi ilk sovrinim va oxirgisi emas deb o'ylayman. Ammo ovozimni Mertensga bergan bo'lardim, chunki u yilni ajoyib o'tkazdi va o'zi uchun odatiy bo'lmagan hujum chizig'ida ko'plab gollar urdi" - deydi Azar.

Joriy mavsum 27 yoshli yarim himoyachi APLning 22ta uchrashuvida 9ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo