Eden Azar: "Maydonda bo'lib, futboldan zavq olishni istayman"

Mirjalol Normatov
14 mar 2023, 22:51
"Real" futbolchisi Eden Azar jamoa tarkibida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish istagi borligini aytdi.

"Futbol o'ynash, maydonda bo'lib, o'zimni muhim futbolchi deb his qilishni xohlayman. O'zingni kerakli deb hisoblasang, ishonch oshadi. O'zingni eng yaxshisi deb hisoblasang, nimadir yetishmayotgandek tuyuladi, biroq buni odamlarga tushuntirish juda qiyin.

Og'ir kunlar kelganda esa odamlar senga unchalik yaxshi qarashmaydi va yaxshi o'yin ko'rsatishinga ham ishonishmaydi. Bunday holatdan qanday qilib chiqib ketsa bo'ladi? O'yinda bo'lish, zavq olish, nimalarnidir qo'lga kiritish, muvaffaqiyatga erishish va ishonchni yana qaytarib olish.

Futbolni sog'inyapman, ko'proq o'ynashni istayman. Maydonda bo'lib zavq olgim kelyapti. Mashg'ulotlar - bu zo'r, ammo bizni futbol o'yinlari ushlab turadi. Yuragimning tub-tubida hali ham murabbiyning menga bo'lgan ishonchi hali so'nmaganini sezib turibman", - dedi Azar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal