Eden Azar: "Everton"ni engishimiz shart"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2014, 13:18
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Everton"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan qisqa intervyu berib o'tdi.
"Everton" ushbu mavsumni juda yaxshi o'tkazmoqda. Ulardan ko'pchilik bunday o'yinlarni kutmagandi. Hujum qilishni yaxshi biladigan va yaxshi ko'radigan ajoyib jamoa. Mehmonda uncha yaxshi o'yin ko'rsatolmayotganlariga qaramay, uyda juda yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biz ushbu o'yinda g'alaba qozonishimiz shart. "Chelsi" pkshqadamlar safidagi o'rnini yo'qotishni aslo istamaydi. Egallab turgan o'rnimizni munosib himoya qila olishimiz kerak. Raqib darvozasiga tezkor gol kiritishimiz juda muhim. Imkon qadar tezroq natijani naqd qilib qo'yish kerak bu o'yinda", deya uning so'zlaridan The Guardian nashri iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net