Edegor: "Xoland - dunyodagi eng zo'ri. Ammo Norvegiya terma jamoasida boshqa futbolchilar ham bor"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2023, 22:15
Martin Edegor Erling Xolandni dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb atadi.

"Hammasi ikkimizga bog'liq emas. To'g'ri, Xoland - dunyodagi eng zo'ri, ammo terma jamoada boshqa futbolchilar ham bor. Maydonda o'n bir nafar norvegiyalik futbolchi to'p tepadi va hammamiz jamoaga foyda keltirishga harakat qilamiz.

Xoland kim ekanligini yaxshi bilamiz, ammo qolganlar ham o'z so'zini ayta oladi. Biz bir jamoadek harakat qilamiz.

Hali hech narsa yo'qolitmadi. Xatolarimiz uchun bizni jazolashdi. Ulardan xulosa chiqarib, tajriba to'plashimiz lozim.

Ispaniya bilan o'yinda har bir xato uchun jazolanishimiz, javob tariqasida biz ham shunday qila olishimizni tushundik" - deydi Edegor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca