

Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor jamoaning Millatlar Ligasidagi o'yinidan ko'ngli to'lmaganini aytdi.
"Hafsalamiz pir bo'ldi. Hammasi juda oddiy: biz hozircha u qadar yaxshi holatda emasmiz. Men nimadan ko'proq xafa bo'ldim? Hujumdagi harakatlarimizdan", – dedi futbolchi.
Norvegiya terma jamoasi "B" divizionining 4-guruhida 2-o'rinni egalladi va "A" ligaga chiqa olmadi.



