YCHLning so'nggi uch mavsumidan beri eng ko'p golli uzatma bergan o'yinchi kim ekanligini bilasizmi?
19 sen 2019, 09:00
Kevin de Bryuyne “Manchester Siti” safida YCHLning 1-turidan o'rin olgan “Shaxtyor”ga qarshi bahsda bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Bu Kevin uchun YCHLning 2017/18-yilgi mavsum startidan hisoblanganda 9-golli uzatmasi bo'ldi. Shu vaqt mobaynida de Bryuynedan ko'proq faqatgina “Liverpul” yarim himoyachisi Jeyms Milner ko'proq golli uzatma bergan - 10 ta.