YCHLning 2010/11 mavsumidan beri ilk marta APLning uch klubi keyingi bosqichga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019, 03:32
“Manchester Siti” klubi YCHL 1/8 final javob bahsida ”Shalke” darvozasiga javobsiz 7ta gol urib, ikki o'yin natijasiga ko'ra 10:2 hisobi bilan chorak finalga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Avvalroq, musobaqaning keyingi bosqichiga APLdan MYU va “Tottenxem” klublari yo'l olgandi. Shunday qilib, chempionlar ligasining 2010/11 yilgi mavsumidan boshlab ilk marta Angliyaning uch jamoasi ¼ finalga chiqdi.

APLning yana bir jamoasi “Liverpul” esa ertaga myunxenda “Bavariya” mexmoni bo'ladi. Ular o'rtasidagi birinchi to'qnashuvda hisob ochilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Joe