YCHLga qur'a tashlandi. “Aktobe” Gruziya chempioni bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2014, 16:04
Hozirgina Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar ligasining birinchi saralash bosqichiga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz Temur Kapadze to'p tepayotgan Qozog'istonning “Aktobe” klubi Gruziya chempioni “Dinamo” jamoasi bilan hisob-kitob qilishi ma'lum bo'ldi.

Ilk uchrashuv Tbilisida bo'lib o'tadi. Birinchi bosqich uchrashuvlari 1-2 iyul, javob o'yinlari 8-9 iyulga belgilangan. Ikkinchi bosqichda 16 ta juftlik o'zaro munosabatiga oydinlik kiritib oladi. Bu bosqich o'yinlari 15-16 hamda 22-23 (javob uchrashuvi) iyul kunlari o'tkaziladi.

Bu juftlik g'oliblari uchinchi davraga yo'llanma oladi. Aynan so'nggi uchinchi etapda g'alaba qozongan klublar esa pley-off o'yinlari orqali guruh bosqichiga yo'llanma olishadi.



Birinchi bosqich juftliklari (1-2 va 8-9 iyul)

FK “Santa-Koloma”(Andorra) – “Bananc” (Armaniston)

“Linkoln” (Gibraltar) – “Torsxvan” (Farrer)

“La-Fiorita” (San-Marino) – “Levadiya” (Estoniya)

Ikkinchi bosqich juftliklari (15-16 va 22-23 iyul)

BATE (Belarus) – “Skenderbeu” (Albaniya)

“Makkabi” Tel-Aviv (Isroil) – FK “Santa-Koloma”(Andorra)/“Bananc” (Armaniston)

“Dinamo” Tbilisi (Gruziya) – “AKTOBE” (Qozog'iston)

“Zrinski” (Bosniya va Gercegoviniya) – “Maribor” (Sloveniya)

“Sherif” (Moldova) – “Suteska” (Chernogoriya)

“Sparta” Praga (Chexiya) – “La-Fiorita” (San-Marino)/“Levadiya” (Estoniya)

“Malme” (Shvetsiya) – “Ventspils” (Latviya)

“Slovan” Bratislava (Slovakiya) – TNS (Uells)

“Seltik” (Shotlandiya) – KR “Reykyavik” (Islandiya)

“Kliftonvill” (Shimoliy Irlandiya) – “Debrecen” (Vengriya)

“Partizan” (Serbiya) – “Linkoln” (Gibraltar)/“Torsxvan” (Farrer)

“Legiya” (Polsha) – “Sent-Patriks” (Irlandiya)

“Rabotnichki” (Makedoniya) – XIK (Finlyandiya)

“Dinamo” Zagreb (Xorvatiya) – “Jalgiris” (Litva)

“Ludogorec” (Bolgariya) – “Dyudelanj” (Lyuksemburg)

“Valletta” (Malta) – “Karabax” (Ozarbayjon)

“Stremsgodset” (Norvegiya) – “Styaua” (Ruminiya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia