YCHL va Yevropa Ligasidan o'rin olgan bahslarni tarixda ilk bor ayol hakamlar boshqaradi

Eldor Akmurzayev
2 dek 2020, 19:20
Avvalroq, fransiyalik arbitr Stefani Frappar Chempionlar Ligasi doirasida bugun o'tishi kerak bo'lgan “Yuventus” – “Dinamo” bahsini boshqarishi ma'lum bo'lgandi.

Shuningdek, Yevropa Ligasi 5-turi doirasida 3 dekabrga belgilangan “Gent” – “Slovan” o'rtasidagi uchrashuvni ham musobaqa tarixida ilk bor ayol hakam boshqaradi. 

Ukrainalik Ekaterina Monzul asosiy referi bo'lsa, unga qanotlarda hamyurtlari Marina Streleckaya va Aleksandra Ardasheva ko'maklashadi. Zaxira referisi esa Denis Shurman bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA