YCHL. Ronaldu MYUda navbatdagi rekordni o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
3 noya 2021, 08:05
MYU hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi 4-turida “Atalanta”ga qarshi o'yinda dublga erishib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ronaldu evrokuboklar doirasidagi bahsda 2+ to'p kiritgan MYU tarixidagi yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 36 yosh, 270 kunlik. 

Shuningdek, u Chempionlar Ligasidagi dublga erishgan Filippo Inzagaidan (37 yosh, 86 kunlik) keyingi yoshi eng katta o'yinchi sifatida ham qayd etildi. Inzagi 2010 yil “Real” bilan o'yinda dublni rasmiylashtirgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports