YCHL. Ronaldu 90 va undan keyingi daqiqada gol urish bo'yicha yetakchi, ikkinchi o'rinda esa Messi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2021, 07:48
"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu YCHL doirasida "Vilyareal"ga qarshi kechgan o'yinning 95-daqiqasida gol urdi.

Ushbu gol portugaliyalik futbolchi uchun YCHLda 90 yoki undan keyingi daqiqalarda urilgan 12-gol bo'ldi. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori natijadir.

Bu ko'rsatkich bo'yicha Ronalduning eng yaqin taqibchisi Messi. Argentinalik futbolchi 6 marotaba YCHL o'yinlarida o'yinning oxirgi daqiqalarida gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta