YCHL. Qur'a tashlandi! "Roma" va "Real", "Yuventus" va "Manchester Yunayted". Barcha guruhlar bilan tanishing

Mirjalol Normatov
30 avg 2018, 22:04
Monakodagi "Grimaldi Forum"da 2018/19 yilgi mavsum Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marsoimi bo'lib o'tdi.

Tadbirning onlayn sharhini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

YANGILASH

Savatchalar tarkibi bilan yana bir bor tanishtirib o'tamiz:

Birinchi savatcha: "Real" (chempion), "Atletiko" (Yevropa ligasi g'olibi), "Barselona", "Bavariya", "Manchester Siti", "Yuventus", "Pari Sen-Jermen", "Lokomotiv" Moskva.

Ikkinchi savatcha: "Borussiya", "Portu", "Manchester Yunayted", "Shaxter", "Benfika", "Napoli", "Tottenxem", "Roma".

Uchinchi savatcha: "Liverpul", "Shalke", "Lion", "Monako", "Ayaks", SSKA, PSV, "Valensiya".

To'rtinchi savatcha: "Viktoriya", "Bryugge", "Galatasaroy", "Yang Boyz", "Inter", "Xoffenxaym", "Crvena Zvezda", AEK.

21:05. Marosimni boshlovchilar ochib berishdi. O'tgan mavsumning yorqin xotiralari bizga eslatib o'tilmoqda.

21:10. Sahnaga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin taklif qilindi. U Devid Bekxemga sovrin topshirilishining sababini, yosh bolalarga o'rnak bo'layotganini aytib o'tdi. Endi Devid haqida videorolik namoyish qilinmoqda. Demak, Bekxem UEFA prezidenining maxsus sovriniga ega chiqdi.

21:15. Qur'a tashlash uchun sahnaga Diego Forlan va Kaka taklif qilindi. Kaka "Real"dagi o'tkazgan mavsumlarini yodga oldi. Forlanga esa derbilarda Kakaga qarshi o'tkao'gan o'yinlari borasida gapirdi.

21:18. YCHLning o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, o'z poziciyasining eng yaxshilari aniqlanmoqda! Eng yaxshi darvozabon - Keylor Navas. Ilk marotaba bunday sovrinlarni kosta-rikalik futbolchi qabul qilib oldi.21:23. Jorjo Marketti qur'a tashlash borasida ma'lumotlar bermoqda. Yevropa chempionlar ligasi qur'asi haqida batafsil

21:25. 1-savatcha ro'yxati yana bir bor eslatib o'tilmoqda. Boshlandi!

21:35. YCHLning o'tgan mavsumiga ko'ra eng yaxshi himoyachisi aniqlandi. Ushbu sovrinni Serxio Ramos qabul qilib oldi.21:38. 2-savatchada joy olgan jamoalar nomi eslatib o'tildi.

21:45. YCHLning o'tgan mavsumi eng yaxshi yarim himoyachisi - Luka Modrich!

21:48. 3-savatchada joy olgan jamoalar nomi eslatib o'tildi.

21:55. YCHLning o'tgan mavsumi eng yaxshi hujumchisi - Krishtianu Ronaldu!

21:56. 4-savatchada joy olgan jamoalar nomi eslatib o'tildi.

22:10. YCHLning o'tgan mavsumi yakunlariga ko'ra, eng yaxshi ayol futbolchisi - Pernila Xarber!

"A" guruhi
"Atletiko"
"Borussiya" Dortmund
"Monako"
AEK Afina
"B" guruhi
"Barselona"
"Tottenxem"
PSV Eyndxoven
"Inter"
"C" guruhi
PSJ
"Napoli"
"Liverpul"
"Crvena Zvezda"
"D" guruhi
"Lokomotiv" Moskva
"Portu"
"Shalke-04"
"Galatasaroy"
"E" guruhi
"Bavariya"
"Benfika"
"Ayaks"
"Bryugge"
"F" guruhi
"Manchester Siti"
"Shaxtyor"
"Lion"
"Xoffenxaym"
"G" guruhi
"Real"
"Roma"
SSKA Moskva
"Viktoriya" Plzen
"H" guruhi
"Yuventus"
"Manchester Yunayted"
"Valensiya"
"Yang Boyz"

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia